Biz haqimizda

ZI ACADEMY of Health – sog‘lomlashtirish, reabilitatsiya va sog‘lom turmush tarzi sohasida zamonaviy ta’lim va kasbiy rivojlanish akademiyasi.

Biz inson salomatligini kompleks yondashuv asosida tiklash va mustahkamlashni asosiy tamoyil sifatida qabul qilganmiz. Akademiyamiz faoliyati ilmiy asoslangan metodikalar, zamonaviy reabilitatsiya tamoyillari hamda xavfsizlik standartlariga tayangan holda tashkil etilgan.

ZI ACADEMY sog‘lomlashtirish massaji, LFK (davolovchi jismoniy tarbiya), Core Spine (umurtqa va tayanch-harakat tizimi), Kardio reabilitatsiya, Aktiv Plex funksional tiklanish tizimi, hamda Parkinson sindromi bilan ishlash metodikasi kabi ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ta’lim beradi.

Bizning o‘quv dasturlarimiz anatomiya, fiziologiya, biomekanika, nevrologiya va reabilitatsiya fanlarining zamonaviy yutuqlariga asoslangan. Har bir kurs nazariy bilim, klinik tahlil va chuqur amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligida olib boriladi.

Akademiya o‘quv jarayonida sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya sohasida patentlangan mualliflik uslublari va innovatsion metodikalardan foydalanadi. Ushbu metodikalar tizimli yondashuv, individual reabilitatsiya modeli va xavfsizlik algoritmlariga asoslangan bo‘lib, amaliy samaradorligi bilan ajralib turadi.

Bizning asosiy yo‘nalishlarimiz:

Sog‘lomlashtirish massaji – mushak tizimi va qon aylanishini yaxshilash, stressni kamaytirish va umumiy tiklanishni ta’minlash.

LFK va jismoniy reabilitatsiya – harakat faoliyatini tiklash, qomat buzilishlarini oldini olish va tayanch-harakat tizimini mustahkamlash.

Core Spine – umurtqa pog‘onasi biomexanikasi asosida og‘riqlarni kamaytirish va stabilizatsiya tizimini kuchaytirish.

Kardio yo‘nalish – yurak-qon tomir tizimini xavfsiz yuklama orqali mustahkamlash va funksional imkoniyatlarni oshirish.

Aktiv Plex tizimi – funksional tiklanish, chuqur mushak qatlamlari bilan ishlash va neyromushak koordinatsiyasini yaxshilashga qaratilgan innovatsion tizim.

Parkinson yo‘nalishi – nevrologik kasalliklarda harakat faolligini qo‘llab-quvvatlash, muvozanat va koordinatsiyani yaxshilash metodikasi.

Akademiya asoschisi

Asoschi

Ismailov Zohidjon Nurmanovich

Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bolalar nevropatologi | Reabilitatsiya mutaxassisi | Ilmiy tadqiqotchi Ismailov Zohidjon Nurmanovich — ZI ACADEMY of Health asoschisi, shifokor-olim va sog‘lomlashtirish hamda reabilitatsiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis. U 2007 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini, 2010 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — pediatriya (bakalavriat) va bolalar nevropatologiyasi (magistratura). 2020 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2023 yildan DSc mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda. U European Paediatric Neurology Society, World Stroke Organization, European Academy of Neurology, Asian and Oceanian Myology Center hamda Duke Health kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar a’zosi. Uning kasbiy faoliyati nevrologiya, reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Ilmiy-amaliy tajribasi asosida ZI ACADEMY’da patentlangan mualliflik metodikalari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Asoschi sifatida uning asosiy maqsadi — ilmiy asoslangan, xavfsiz va samarali reabilitatsiya ta’limi maktabini yaratish hamda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdir.

Missiya

Ilmiy asoslangan, xavfsiz va samarali sog‘lomlashtirish hamda reabilitatsiya metodikalarini o‘rgatish orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash va jamiyatda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish.

Vizion

Markaziy Osiyoda sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya ta’limi sohasida yetakchi akademiyaga aylanish, patentlangan metodikalar asosida xalqaro darajadagi professional maktab yaratish. ZI ACADEMY of Health – bu bilim, amaliyot va innovatsiya uyg‘unligida shakllangan professional platforma.

Bizning jamoa

Ismailov Zohidjon Nurmanovich

Ismailov Zohidjon Nurmanovich

Ta'sischi va rahbar

Bolalar nevrologi

Ibroximov Islom Boqijon o'g'li

Ibroximov Islom Boqijon o'g'li

Hamta'sischi

LFK va massaj instruktori

Ziyoyeva Maftuna Nuriddinovna

Ziyoyeva Maftuna Nuriddinovna

Defektolog

Defektologiya

Abdullayeva Nargiza Ayupjanovna

Abdullayeva Nargiza Ayupjanovna

Logoped

Logopediya

Sayfullaev Baxshulla Amrulloyevich

Sayfullaev Baxshulla Amrulloyevich

Fitnes trener

Fitnes instruktor