Dasturlar

AKTIV LFK

AKTIV LFK

Mazkur o‘quv dasturi e’tibor yetishmovchiligi va giperaktivlik sindromi (SDVG) bo‘lgan bolalar bilan ishlashda “AKTIV LFK” mualliflik metodikasi asosida mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan. Dastur zamonaviy LFK, psixofiziologik va o‘yin usullariga asoslanadi.

Batafsil →
AKTIV PLEX

AKTIV PLEX

Mazkur o‘quv dasturi bolalarda pleksit kasalligidan keyin funksional harakatlarni tiklash, mushak kuchini oshirish, bo‘g‘imlar harakatchanligini yaxshilash hamda neyrosensor faollikni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy rehabilitatsiya usullarini o‘rgatishga mo‘ljallangan. Dastur AKTIV–PLEX (Ismailov Z.N., Mirjurayev E.M., Ibrohimov I.B. metodikasi) asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, passiv, faol-passiv va faol mashqlar, gidrorehabilitatsiya va uy sharoitida mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

Batafsil →
CORE SPINE

CORE SPINE

Mazkur o‘quv dasturi umurtqa pog‘onasi sog‘lig‘ini tiklash va mustahkamlashga qaratilgan “Core Spine sog‘lomlashtirish” fanidan qisqa muddatli professional tayyorlov kursi uchun ishlab chiqilgan. Dastur zamonaviy reabilitatsiya, funksional trening va sog‘lomlashtirish mashqlari metodikalariga asoslanadi.

Batafsil →
KARDIO–NEYRO–SPINAL REABILITATSIYA

KARDIO–NEYRO–SPINAL REABILITATSIYA

Mazkur o‘quv dasturi yurak-qon tomir kasalliklari, insult va umurtqa patologiyalaridan keyingi erta va o‘rta reabilitatsiya bosqichida bemorlar bilan xavfsiz ishlashga qodir mutaxassis tayyorlashga mo‘ljallangan. Dastur zamonaviy reabilitatsiya, kardio-neyro-spinal sog‘lomlashtirish va funksional trening metodikalariga asoslanadi.

Batafsil →
PARKINSON

PARKINSON

Mazkur o‘quv dasturi Parkinson kasalligi (PD) bilan og‘rigan bemorlarning harakat sifatini yaxshilash, bradikineziya, rigidlik, postural noustuvorlik va yurish buzilishlarini kamaytirishga qaratilgan. Dastur LSVT BIG (Lee Silverman Voice Treatment – BIG) metodikasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, amplitudani kattalashtirish (BIG), yurish, muvozanat va kuch modullarini o‘z ichiga oladi.

Batafsil →